10 may kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlik bo‘yicha muhim bayonot berdi. Uning aytishicha, ikki davlat AQSH vositachiligida muzokaralar o‘tkazgan va zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishgan. Bu haqda Tramp o‘zining Truth Social tarmog‘ida ma’lum qildi.
“AQSH vositachiligida o‘tkazilgan uzoq kechgan muzokaralardan so‘ng Hindiston va Pokiston to‘liq va darhol o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishganini mamnuniyat bilan ma’lum qilaman. Bu ikki mamlakatni hushyorlik va donolik bilan harakat qilganlari uchun tabriklayman”, deb yozdi Tramp.
Ma’lumotni Pokiston Tashqi ishlar vaziri Muhammad Is’hoq tasdiqlagan. Bu bayonot ikki yadroviy davlat o‘rtasidagi xavfli eskalatsiyani yumshatish yo‘lida muhim qadam sifatida ko‘rilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51023 | Инструменты