Huawei 1
“Boburnoma”ning italyan tilidagi nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Buyuk davlat arbobi, shoir va olim Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari Italiyaning “Sandro Teti Editore” nashriyot uyida chop etilgan edi. Bugun, 8-iyul kuni Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida italyan tilida nashr etilgan ushbu memuar asarning o‘zbek kitobxonlari uchun taqdimoti o‘tkazildi. 

Marosimda adabiyotshunoslar, taniqli ziyolilar, adiblar, madaniyat xodimlari, talaba-yoshlar, shuningdek, italiyalik noshir Sandro Teti ishtirok etdi. Tadbirda asarni italyan tilida nashr etish jarayonlariga “Sandro Teti Editore” nashriyoti rahbari Sandro Teti boshchiligidagi malakali tarjimon, muharrir va dizaynerlarning katta guruhi ishlagani, tarjimada yaratilagan 96 ta badiiy miniatyura uning nafaqat mazmun-mohiyati, balki noyob rasmlari bilan ham boyitgani alohida ta’kidlandi.

Kitobni tayyorlashda ToshDO‘TAU rektori, professor Shuhrat Sirojiddinov va italiyalik taniqli turkolog, professor Federiko De Rensi ilmiy va adabiy muharrirlar sifatida katta hissa qo‘shishdi. “Boburnoma” asari prezidentning so‘zboshisi hamda atoqli italyan olimi va adibi Franko Kardini tomonidan yozilgan kirish so‘zi bilan boshlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51108 | Инструменты