Huawei 1

Shu yilning 19-28 sentyabr kunlari butun jahonga mashhur Luvr Muzeyining bir guruh fransuz mutaxassislari O'zbekistonda izlanishlar olib borishmoqda.

Delegatsiya tarkibi islom san'ati departamenti direktori – Yanik Lins boshchiligidagi, Buxorodagi fransuz-o'zbek arxeologiya missiyasi direktori, Luvrning islom san'ati bo'limi arxeologi – Rokko Rante va restovrator-ekspertlar – Anna Ligey, Kristina Pariselle, Delfin Eli Lefevr, Djeraldi Freydan iborat.

Tashrifning asosiy maqsadi – O'zbekiston mutaxassislari bilan hamkorlikda kuzatuv olib borish, ilmiy analizni ta'minlash, 2021-yilda Luvrda bo'lib o'tadigan "Ipak yo'lidagi sivilizatsiya va madaniyatlar" ko'rgazmasi uchun O'zbekiston muzeylaridan tanlangan eksponatlar bo'yicha mutaxassislar fikrini jamlashdan iborat.

Eslatib o'tamiz, bu fransuz delegatsiyasining mazkur ko'rgazma bo'yicha ikkinchi tashrifi. Ilk bor tashrif shu yilning may oyida bo'lib o'tgandi. Mutaxassislar bu safar O'zbekiston Davlat tarixi muzeyi, O'zbekiston Davlat san'at muzeyi, Abu Rayhon al-Beruniy nomidagi Sharqshunoslik Instituti, UR AN San'atshunoslik Instituti, "Afrosiyob" Samarqand tarixi Muzeyi, Yahyo G'ulomov nomidagi arxeologiya Instituti, Samarkand Davlat tarixiy-me'moriy va san'at muzeyi-qo'riqxonasi, Buxoro Davlat me'moriy-san'at muzeyi-qo'riqxonasi, Paykend shahri Tarixi Muzeyi, Termiz Arxeologiya muzeyi, "Muyi Muborak" madrasasi O'zbekiston musulmonlari Boshchiligidagi Muqaddas Qur'on Muzeyi, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga qarashli qimmatbaho metallar bo'yicha agentligi va muzeylariga tashrif buyurishdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112816 | Инструменты