Xitoylik olimlar suvosti kemasidan uchirilib, uchishga va suv ostida suzishga qodir dunyodagi birinchi dronni yaratdi, deb xabar beradi South China Morning Post.
«Uchuvchisiz uchish qurilmasi o‘ziga xos yig‘ma qanot konstruksiyasi yordamida suv ostida va havoda harakatlanishi mumkin, bu uning maskirovkasi hamda omon qolish imkoniyatini sezilarli darajada yaxshilaydi», — deyiladi xabarda.
Apparat parvozlar uchun foydalanadigan parraklar suvda 5 soniya ichida yig‘iladi va fyuzelyajga yopishib turadi — bu esa suv ostidagi qarshilikni kamaytirishga xizmat qiladi, maxsus eshkak parraklari esa uning suzishini ta’minlaydi.
Uchuvchisiz uchish apparati Shimoli-g‘arbiy politexnika universitetining Xitoy aerodinamik tadqiqotlar va ixtirolar markazi bilan hamkorligida yaratilgan bo‘lib, u suvosti kemasidan uchirishga mo‘ljallangan. Missiya yakunlanganidan keyin dron yana o‘z joyiga qaytadi. Havoda manyovrchan ekani va suvda ishlash imkoniyati tufayli undan razvedka hamda zarbalar berishda foydalanish mumkin.
Nashrning yozishicha, mavjud mudofaa texnologiyalari bu turdagi qurollarni to‘xtatishga qodir emas.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12223 | Инструменты