Rossiyaning “Stroytransgaz” kompaniyasi bilan Tartus portiga sarmoya kiritish bo‘yicha kelishuv bekor qilindi, deb xabar qilmoqda OAV Tartus viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘iga tayanib.
Suriya hukumati Rossiya kompaniyasi bilan Tartus dengiz portini boshqarish bo‘yicha kelishuvni bekor qildi. Bu haqda Tartus provinsiyasi bojxona departamenti direktori Riyoz Judiy Al Watan gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Rossiya kompaniyasi bilan Tartus portiga investitsiyalar bo‘yicha kelishuv bekor qilindi. Port faoliyatidan tushgan barcha daromadlar Suriya davlati manfaatlariga yo‘naltiriladi», dedi Judiy.
Rossiyaning «Stroytransgaz» kompaniyasi bilan investitsiya shartnomasi 2019 yilda 49 yil muddatga tuzilgan edi. Suriyaning sobiq transport vaziri Ali Hamud so‘zlariga ko‘ra, hujjat portni boshqarish va uni modernizatsiya qilishga Rossiya tomonidan 500 million dollardan ortiq sarmoya kiritishni nazarda tutgan.
Tartus Suriyadagi ikkinchi yirik dengiz portidir. U yerda Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining logistika markazi joylashgan. Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov 12 dekabr kuni Rossiya Suriyadagi harbiy bazalarini saqlab qolishni kutayotganini aytgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12220 | Инструменты