Madaniyat vazirligi “Mendirman Jaloliddin” seriali haqida izoh berdi
Madaniyat vazirligi axborot xizmati ma'lum qilishicha, vazirlik buyurtmasi asosida tarixiy qahramon Jaloliddin Manguberdi hayoti haqida Turkiya kinoijodkorlari bilan hamkorlikda serial suratga olinmoqda va bir guruh o'zbekistonlik ijodkorlar bugungi kunda Istanbulda serial uchun maxsus qurilgan pavilonlarda ish bilan band.
O'zbekiston tomonidan “Best organiser” MCHJ va Turkiyaning “Bozdag‘film” kinokompaniyasi o'rtasida tuzilgan shartnomaga binoan mazkur “Mendirman Jaloliddin” seriali “Orient Finans Bank” tijorat banki homiyligi asosida suratga olinmoqda va hozirgi paytga kelib serialning dastlabki qismlari tasvirga olinib, montaj ishlari nihoyasiga yetkazilyapti.
Hamkorlikdagi mazkur loyiha ishi uchun har ikki tomondan mutaxassislar jalb qilingan bo'lib, u O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining to'liq nazorati ostida amalga oshrilimoqda. Tasvirga olish ishlari haqidagi batafsil ma'lumotlar tez orada omma e'tiboriga havola etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 43019 | Инструменты