Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi qabul qilindi.
Ushbu Qonun bilan 13 turdagi litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinmoqda.
3 turdagi litsenziya xabarnoma shakliga o‘tkazilmoqda.
Jumladan, endilikda Turagentlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish tartibi bekor qilinib, uning o‘rniga Turagentlik faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma yuborish tartibi joriy etiladi.
Qonun loyihasining qabul qilinishi litsenziya va ruxsat berish sohasidagi byurokratik holatlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.
Mazkur Qonun loyihasi Senat tomonidan maʼqullanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangach va qonunda belgilangan tartibda rasmiy manbalarda eʼlon qilingach, yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 43021 | Инструменты