Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi Yangi Axsi majmuasidagi bebaho eksponatlar soni yana o‘n adadga ortdi.
Mutaxassislar tomonidan XI asrga oidligi aytilayotgan qilich, jangdan chiqqan holatda saqlangan. U qattiq po‘latdan Axsikent temirchilari tomonidan yasalgan. Dunyo po‘lat markazi sifatida tan olingan Axsikentning yumshoq va qattiq po‘lati mashhur. Uning yaratilishi esa hozirgacha sir.
Ikkinchi aslaha esa XIV asrga oid bo‘lib, uni Amir Temurning xos askarlari ishlatishgan.
Baqtriya tangasi 475-600 yillarga oid. Xitoy tangasi esa XIX asrga oid bo‘lib, uni tarixchi olim Sherali Qo‘ldoshev batafsil tadqiq etdi.
- Tanganing o‘ng tomonidagi 2 iyeroglif: Kashi / Kashi 喀什 - Qashqar. Chap tomonidagi 2 iyeroglif : san / san 参 - va jir / jin 金 – oltin, deb yozilgan. Tanganing tepa qismidagi 1 iyeroglif: guang / guang 光- yorug‘lik maʼnosini beradi Past qismidagi 1 iyeroglif: yuan / yuan 圓 yumaloq, yaʼni doira degan maʼnoni beradi. Tanganinn o‘rtasidagi teshilgan joyidagi iyeroglifni o‘qish qiyin. Biroq, u shyuy 緒 iyeroglifini bildiryapti. Chunki Gaungshyuy / Guangxu 光緒 nomiga o‘xshayapti. U 1875 -1908 yillarda Xitoyni boshqargan, - deydi Sherali Qo‘ldoshev.
Uchta nodir kitob esa, ilm-maʼrifatga, falsafa va tarixga oid bo‘lib, unda noyob ilm bitilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122217 | Инструменты