Bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Havo haroratining yuqori qiymati 15-20 daraja bo‘ladi.
6-9 oktabrda respublika bo’yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 6-oktabrda kechasi 5-10 daraja, shimolda 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja bo’ladi, 7-9-oktabrda asta-sekin kechasi 10-15 darajagacha, kunduzi 20-25 darajagacha ko’tariladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 5 oktabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Baland tog’larda ba’zi joylarda yomg’ir qorga aylanishi mumkin. 6-9 oktabrda asosan yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg’ona viloyatining tog’li hududlarida 8-9 oktabrda biroz yomg’ir yog’ishi mumkin.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati bugun kunduzi va ertaga 17-20 daraja bo’ladi, 7-9 oktabrda 22-25 darajagacha asta-sekin ko’tariladi. Harorat kechasi 6-7 oktabrda 7-10 daraja bo’ladi, 8-9 oktabrda 12-15 darajagacha ko’tariladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100616 | Инструменты