Nomzodlarni saralash bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Mazkur tanlov iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning akademik va ilmiy salohiyatini rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarini rag‘batlantirish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan
O'zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalari uchun “Sog‘liqni saqlash vaziri stipendiyasi – 2026/2027” tanlovi e’lon qilindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, mazkur tanlov iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning akademik va ilmiy salohiyatini rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarini rag‘batlantirish hamda tibbiyot sohasidagi amaliy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Nomzodlarni saralash bir necha bosqichda amalga oshiriladi.
Dastlab talabgorlarning arizalari qabul qilinib, taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda tekshiriladi. Shundan so‘ng nomzodlarning portfeli belgilangan mezonlar asosida ekspertlar tomonidan baholanadi. Keyingi bosqichda nomzodlar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning loyiha yoki amaliy tashabbuslari taqdimoti ko‘rib chiqiladi. So‘ngra oliy ta’lim muassasalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar yakuniy saralashdan o‘tkazilib, g‘oliblar belgilangan tartibda aniqlanadi va tasdiqlanadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Arizalarni qabul qilishning so‘nggi muddati 26-oktabr. Tanlov to‘liq elektron shaklda o‘tkaziladi. Talabalar platformada ro‘yxatdan o‘tib, hujjatlarini onlayn yuklashi va arizalarining har bir bosqichdagi holatini shaxsiy kabineti orqali kuzatib borishlari mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100616 | Инструменты