Huawei 1
O‘zbekiston Gollivud bilan hamkorlikda film suratga oladi

Madaniyat vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Umar Hayyomga bag‘ishlangan to‘liq metrajli badiiy film O‘zbekiston, Gollivud va Kanada kinoijodkorlari hamkorligida suratga olinadi.

Bu masalada Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov gollivudlik kinorejissor va prodyusser Mostafa Keshvari bilan uchrashgan.

Taʼkidlanishicha, ushbu kartina xususiy va homiylik mablag‘lari hisobidan yaratiladi va uni jahon kinomuxlislariga keng namoyish etish maqsad qilingan.

Shu bilan birga, rejalashtirilayotgan filmni kelgusida nufuzli xalqaro kinofestivallarda taqdim etish ham ko‘zda tutilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты