Huawei 1
O‘zbekistonda Qozog‘iston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 2023-yilning 20-24-iyun kunlari O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlarida Qozog‘iston madaniyat kunlari, uning doirasida Toshkent shahrida 20-23-iyun kunlari Qozog‘iston kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi.

Tadbir dasturiga binoan 20-iyun kuni soat 19.00 da Toshkent shahridagi “Turkiston” san’at saroyida Qozog‘iston madaniyat kunlarining ochilish marosimi va R.Baglanova nomidagi “Qozoqkonsert” davlat muassasasi ijodiy guruhining konsert dasturi o‘tkaziladi.

Ochilish marosimida Qozog‘iston Respublikasi madaniyat va sport vaziri o‘rinbosari Nurkissa Daueshov va O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekovning ishtirok etishi rejalashtirilmoqda. Konsert dasturida Qozog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan arbob Alisher Karimov, xalqaro tanlovlar sovrindorlari Ruxiya Baydukenova, Madi Sizdikov, “Gulder” ansambli, “Turan” folklor-etnografik ansambllarining chiqishlari namoyish etiladi.

20-iyun kuni soat 15.00 da Toshkent shahridagi A.Navoiy nomidagi kinosaroyida Qozog‘iston kino kunlarining ochilish marosimida Qozog‘iston Respublikasi madaniyat va sport vaziri o‘rinbosari Nurkissa Daueshov va O‘zbekiston Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduhalikovlar ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.

20-23-iyun kunlari mazkur kinosaroy zallarida “Sulton Beybars”, “Mukagali”, “Dos Mukasan”, “Время патриотов”, “Paralimpiyachi”, “На старте”, “Лето 1941-года” badiiy filmlari, “Kenja qiz”, “Besik jiri”, “Amen ag‘a ag‘ashi” multfilmlari namoyishiga taklif qilamiz.

21-iyun kuni soat 19.00 da "Turkiston" san'at saroyida R.Baglanova nomidagi “Qozoqkonsert” davlat muassasasi va O‘zbekiston davlat filarmoniyasining O‘zbekiston milliy simfonik orkestri bilan hamkorlikdagi qo‘shma “Folk&Symphony” konserti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, 22-iyun kuni Samarqand viloyat san'at sayirida, 23-iyun kuni Buxoro shahridagi Yoshlar markazi konsert saroyida R.Baglanova nomidagi “Qozoqkonsert” davlat muassasasining konsert dasturi tashkil etilishi, unda Qozog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi Alisher Karimov, xalqaro tanlovlar sovrindorlari Ruxiya Baydukenova, Madi Sizdikov, “Gulder” ansambli, “Turan” folklor-etnografik ansambllarining chiqishlari namoyish etilishi belgilangan.

23-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida Qozog‘iston madaniyat kunlarining yopilish marosimi va Abay nomidagi Qozoq milliy opera va balet teatrining “Abay” spektakli sahnalashtirilishi rejalashtirilmoqda.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov va Qozog‘iston Respublikasi madaniyat va sport vaziri 

Asxat Oralovning ishtirok etadi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61419 | Инструменты