"O‘zbekiston prezidenti Ummon fuqarolari uchun ushbu mamlakatga 30 kunlik vizasiz kirish huquqini beruvchi farmonni imzoladi. Ushbu farmon talablari shu yilning 1 iyunidan amalga kiritildi va u O‘zbekistonni ziyorat qilmoqchi bo‘lgan ummonliklar uchun yangi imkoniyatlarni ochadi", – deyiladi manbada.
Ummonlik sayohatchi O‘zbekiston Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan mamlakat ekanini, yurtimiz o‘zining boy sayyohlik salohiyati, madaniy merosi, noyob tabiati va geografik xilma-xilligi bilan mashhurligini alohida urg‘ulagan. Qayd etilganidek, Samarqand, Toshkent, Buxoro, Xiva kabi shaharlar ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, islom sivilizatsiyasining durdonalari hisoblanadi.
"Bundan tashqari, O‘zbekiston va Ummon tadbirkorlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda. Xususan, O‘zbekistondan go‘sht, don, mevalar, sabzavotlar va turli mahsulotlarni Ummonga eksport qilish imkoniyatlari kengayyapti. 1 iyundan boshlab ushbu yangilik rasman kuchga kirdi. Yaqin kelajakda Maskat va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov ham yo‘lga qo‘yiladi", – deya qayd etadi Nosir al-Niʼmaniy.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61507 | Инструменты