Vazirlar Mahkamasining “Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini baholash, toifalari (guruhlari)ni belgilash hamda rag‘batlantirish tartibi joriy etilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining "Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan davlat teatrlari va konsert mauassasalari faoliyatini baholash reytingi belgilanmoqda. Eng yuqori baho – 100 ball. Reytingdan kelib chiqib ular toifa (guruh)larga taqsimlanadi.
Ma’lumot uchun: toifa (guruh)ga qarab xodimlarning bazaviy oylik maoshi miqdori belgilanadi.
Davlat teatrlari va konsert muassasalari uchun 8 ta mezon o‘rnatilmoqda, ular qatorida – yangi spektakllar soni, shaxsiy bino va texnikaning mavjudligi, veb-sahifani yuritilish holati va boshqalar.
Misol uchun, 100 ballni to‘plash uchun davlat teatri:
- yiliga kamida 4 ta yangi spektakl qo‘yishi;
- joriy repertuarda kamida 25 spektaklga ega bo‘lishi;
- bir yilda kamida 240 spektakl qo‘yishi;
- kamida 2 ta xalqaro va 6 ta respublika miqyosidagi gastrol tashkil etishi;
- zalni o‘rtacha kamida 70 nafar tomoshabin bilan to‘ldirish;
- muassasaning umumiy harajatlariga daromadlar ulushi 15 % tashkil etishi;
- veb-sahifasining kamida 80% ga yuritilishi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51103 | Инструменты