Huawei 1
Qanqa yodgorligida qadimiy inshoot qoldiqlari topildi

Qanqa yodgorligida olib borilgan izlanishlar natijasida XI-XII va VII-VIII  asrlarga oid mahobatli inshoot qoldiqlari topildi.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi  Milliy arxeologiya markazi Toshkentning eng yirik shaharlaridan bo‘lgan tarixiy Qanqa yodgorligida arxeologik izlanishlar olib bordi.

Ushbu arxeologik izlanishlar natijasida vohaning o‘rta asrlar tarixiga oid yangi maʼlumotlar kashf etildi.

Jumladan, XI-XII asrlar bilan davrlashtirilgan uzunligi 12 metr, kengligi 6.30 m bo‘lgan katta zal topildi. 

Uning kirish qismidagi poli pishiq g‘ishtlar bilan terilgan. Zalning yon devorlari qalinligi 1.30 m kenglikda ekanligi uning mahobatli inshootligidan dalolat beradi.

Zalning janubiy-g‘arbiy burchagida yon devorlari ham pishiq g‘isht bilan qoplangan bo‘lib, kuchli olov natijasida kuyganligi bu yerda yog‘ochdan ishlangan peshtoq ham mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi. 

Shuningdek, yong‘in natijasida peshtoqdan qulab tushgan yirik yog‘och qoldiqlari ham aniqlanib, ularning saqlanib qolganlari sinchiklab o‘rganilganda yuza qismlari o‘yma naqshlar bilan bezalganligi maʼlum bo‘ldi.

Qazish ishlari davomida, o‘rta asr qatlamlari ostida ilk o‘rta asrlarga oid bo‘lgan yana bir yirik inshoot qoldiqlari topildi.

Inshoot Qanqa yodgorligining ilk o‘rta asrlarga tegishli ibodatxonaning sharqiy tarafida joylashganligi ushbu yirik qurilish qoldiqlari ibodatxona bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi mumkinligi haqida xulosalar chiqarishga imkon beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11915 | Инструменты