Samarqand aeroportining yangi terminali ochilishi va tezyurar poyezdlar tarmog‘ining Xivagacha kengaytirilishi e’tirof etilmoqda
"Time" jurnali o'z Instagram sahifasida Samarqanddagi "Sherdor" madrasasini rasmini joyladi. Bu bilan dunyodagi barcha insonlarni O'zbekistonga sayohatga chorlamoqda. Bu chorlov ayni O‘zbekiston mustaqilligi bayrami arafasida tavsiya qilinayotgani alohida ta'kidlangan.
"Yangi ochilgan joylar xalqaro sayohatchilarga mamlakatni osonlik bilan kashf qilish imkonini bermoqda. Yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar tarmog‘i Xivaning qadimiy Ipak yo‘li bekatigacha kengaytirilmoqda, bu esa poytaxt Toshkentdan YUNESKOning Butunjahon merosi obyektlariga sayohat qilishni osonlashtiradi", - deyiladi sahifada.
Shuningdek, Samarqand aeroportining yangi terminali ochilishi alohida e'tirof etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Time" jurnali O‘zbekistonni 2022-yilning "Dunyodagi eng zo‘r joylar" ro‘yxatiga kiritgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40508 | Инструменты