Ko'rgazmada respublikaning barcha hududlaridan 200 nafardan ziyod hunarmandlar, xalq amaliy san'ati ustalari mahorat darslari bilan ishtirok etadi
2022-yilning 19-21-avgust kunlari Toshkent shahridagi Sayilgoh ko‘chasida “Toshkent suvenirlari” ko‘rgazma savdosi o‘tkaziladi.
Uch kun davomida mehmonlar yurtimizning mashhur hunarmandlaridan o‘zlarining sevimli hunarmandchilik mahsulotlari, suvenirlar sotib olishlari, ularning tayyorlanish jarayonlarini kuzatishlari va o‘zlari bu jarayonda bevocita ishtirok etishlari, shuningdek boy ko‘ngilochar dasturni tomosha qilishlari mumkin.
Ko‘rgazma-savdoda respublikaning barcha hududlaridan 200 nafardan ziyod hunarmandlar , xalq amaliy san’ati ustalari mahorat darslari bilan ishtirok etadi.
Ko‘rgazma-savdo mehmonlari yurtimizning mashhur hunarmandlarining mahorat darslarida qatnashib, o‘z qo‘llari bilan loydan ko‘za yasab ko‘rishlari, ipakdan mato to‘qishlari, do‘ppiga naqsh berib ko‘rishlari, beshik yasashda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50908 | Инструменты