BAA futbol assotsiatsiyasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida nomaqbul xatti-harakatlari uchun ikki futbolchini terma jamoadan chetlashtirdi va ularning har biriga 500 ming dirhamdan (136 ming dollar) jarima soldi. Bu haqda MSN nashri xabar berdi.
Shuningdek, 21 yoshli Sulton Odil ("Shabab Al-Ahli") va 28 yoshli Xolid Ibrohim (“Sharja”) milliy turnirlarda 5ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Futbolchilar aynan qaysi qoidalarni buzganiga oshkor etilmagan.
BAA terma jamoasi Osiyo konfederatsiyasida bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichida guruhdagi dastlabki ikki o‘rindan birini egallay olmadi va saralashning to‘rtinchi bosqichida o‘ynaydigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, BAA bilan bir guruhdan o‘rin olgan Eron va O‘zbekiston terma jamoalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Joriy yilning 5 iyun kuni O‘zbekiston Abu-Dabida BAAga qarshi o‘yinda durang natija qayd etib, tarixda ilk bor jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Maʼlumot o‘rnida, BAA milliy terma jamoasi navbatdagi o‘yinni 10 iyun kuni Bishkekda Qirg‘izistonga qarshi o‘tkazadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62204 | Инструменты