Xanchjou shahridagi Xitoy milliy ipak muzeyida o‘tkazilgan “Rang-barang Osiyo: Osiyo liboslari ko‘rgazmasi” o‘z ishini yakunladi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, loyiha XIX Osiyo o‘yinlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan.
Joriy yilning 2-sentabridan 12-noyabrigacha bo'lib o'tgan ko‘rgazmada Osiyoning turli mintaqalaridan qariyb 150 ta libos namoyish etildi. O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi va Samarqand muzey-qo‘riqxonasi kolleksiyasidan 20 ta muzey eksponatini taqdim etdi. Ular orasidan o‘zbek an’anaviy so‘zanalari, chopon va zargarlik buyumlari o‘rin oldi.Jami ko‘rgazmaga 86 000 dan ortiq kishi tashrif buyurdi. O‘zbekiston xalqaro jamoatchilikka o‘zining boy madaniyati va tarixiy merosini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.Respublika muzeylari buyumlari “Rang-barang Osiyo: Osiyo liboslari ko‘rgazmasi”da O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining qo‘llab-quvvatlovi sharofati bilan taqdim etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122218 | Инструменты