Mazkur idoraviy hujjat bilan Markaziy bank tomonidan moliyaviy xizmatlar sohasidagi maxsus huquqiy rejimni joriy etish va bekor qilish, shuningdek mazkur rejim doirasida faoliyatni amalga oshirish tartibi belgilanmoqda
Joriy yil 19-oktabr kuni Adliya vazirligi Markaziy bank tomonidan moliyaviy xizmatlar sohasidagi maxsus huquqiy rejimni joriy etish tartibiga idorvaiy idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Mazkur idoraviy hujjat bilan Markaziy bank tomonidan moliyaviy xizmatlar sohasidagi maxsus huquqiy rejimni joriy etish va bekor qilish, shuningdek mazkur rejim doirasida faoliyatni amalga oshirish tartibi belgilanmoqda. Unga ko‘ra:
“Tartibga solish qumdoni”ning institusional modeli kengaytirilib, 3 ta alohida sinov yo‘lagi joriy etildi: “innovatsiya”, “akseleratsiya”,“texnologik hamkorlik”.
Shuningdek, ishtirokchilar doirasi kengaytirilib, norezident yuridik shaxslar (birgalikda ariza beruvchi sifatida) hamda faoliyati Markaziy bankdan boshqa davlat organlari tomonidan tartibga solinadigan yuridik shaxslarning “Tartibga solish qumdoni”da ishtirok etishiga imkoniyat yaratildi.
Yangi moliyaviy xizmatni joriy etish istagida bo‘lgan yuridik shaxslar uchun ariza topshirish oldi maslahati (pre-application support) instituti joriy etildi, “Tartibga solish qumdoni” ishtirokchilari reyestrini yuritish tartibi belgilandi.
“Tartibga solish qumdoni” doirasidagi moliyaviy xizmatni targ‘ib qilishga qaratilgan reklama va axborot materiallarida ushbu xizmat “Tartibga solish qumdoni” doirasida sinov tarzida taqdim etilayotganligini ko‘rsatish shartligi belgilandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102112 | Инструменты