O‘zbekistonda 2026-yilda yo‘l xo‘jaligi sohasida 442 million dollarlik mablag‘larni o‘zlashtirish hamda 200 kilometr avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Axborot xizmati rahbari ma’lum qildi
O‘zbekistonda 2026-yilda yo‘l xo‘jaligi sohasida 442 million dollarlik mablag‘larni o‘zlashtirish hamda 200 kilometr avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Axborot xizmati rahbari ma’lum qildi.
Unga ko'ra, 2026-yilda yo‘l xo‘jaligi sohasida jami 15 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Ularning 13 tasi xalqaro moliya institutlari ishtirokida, ikkitasi esa davlat-xususiy sheriklik asosida bajarilmoqda. Mazkur loyihalar doirasida o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan mablag‘lar hajmi 2025-yilga nisbatan 1,5 barobar, 2024-yilga nisbatan esa 1,8 barobar ko‘p.
Joriy yilning yanvar–sentyabr oylarida 9 ta loyiha doirasida jami 110 kilometr avtomobil yo‘li rekonstruksiya qilingan. Ushbu davrda $214,3 mlnlik ishlar bajarilib, belgilangan reja 101% ga amalga oshirilgan.
Xalqaro moliya institutlari ishtirokida quyidagi loyihalar amalga oshirilmoqda:
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida Surxondaryo viloyatidagi 4R105 va 4R100 avtomobil yo‘llarining 111 kilometrlik qismini rekonstruksiya qilish;
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasidan o‘tgan A380 avtomobil yo‘lining 25 kilometrlik qismini rekonstruksiya qilish;
Islom taraqqiyot banki va OPEK jamg‘armasi ishtirokida Qashqadaryo viloyatidagi M39 avtomobil yo‘lining 60 kilometrlik qismini rekonstruksiya qilish;
Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida Buxoro viloyatidan o‘tgan A380 “G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu” avtomobil yo‘lining 78 kilometrlik qismini rekonstruksiya qilish.
Shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurish, Qoraqalpog‘istondagi A380 avtomobil yo‘lining 92 kilometrlik qismini rekonstruksiya qilish hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida Xorazmdagi D213 avtomobil yo‘lining 84 kilometrlik qismini rekonstruksiya qilish loyihalari bo‘yicha tender savdolari e’lon qilindi.
Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida Xorazm va Qoraqalpog‘istondagi mahalliy yo‘llarni ta’mirlash hamda Islom taraqqiyot banki ishtirokida A373 Guliston—Bo‘ka—Angren—Qo‘qon—Andijon avtomobil yo‘lining 0–37-kilometr qismini rekonstruksiya qilish loyihalari bo‘yicha ham tenderlar e’lon qilingan. Tender e’lon qilingan beshta loyihadan to‘rttasi doirasida qurilish ishlari boshlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102113 | Инструменты