Ayni kunlarda O’zbekiston Respublikasi turizm sohasi vakillari Singapurdagi "Halal in travel global summit 2023" xalqaro sammitda qatnashmoqda.
Mazkur xalqaro sammitida 140 davlat orasidan Xiva shahri "Yilning islom merosi destinatsiyasi" (Islamic heritage destination of the year) yuksak xalqaro e'tirofiga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, mazkur sammitda O’zbekiston Respublikasi turizm sohasi vakillaridan iborat delegatsiya bir qator istiqbolli kelishuvlarga erishmoqda.
Avvalroq, Madaniyat va turizm vazirligi va “Crescent Rating” kompaniyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolangani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, kelajakda O‘zbekistonga musulmon dunyosi sayohatchilarini ko‘proq jalb etishda ziyorat va Halol turizmni yanada rivojlantirishda hamkorlik qilinadi
Alpha version: 0.9.1.19 build 42818 | Инструменты