Huawei 1
O'zbekiston ziyorat va Halol turizmni rivojlantirishda Singapur bilan hamkorlik qiladi

Madaniyat va turizm vazirligi delegatsiyasi vakillari shu kunlarda Singapurda bo‘lib o‘tayotgan “Halal in travel world summit” butunjahon konferensiyasida ishtirok etmoqda.

Nufuzli tadbir doirasida delegatsiya rahbari Zarrina Abdullayeva va O‘zbekistonning Singapurdagi elchisi Qahramon Shokirov boshchiligidagi delegatsiya Singapur Respublikasining “Crescent Rating” kompaniyasi prezidenti janob Bahardeen Mohamed Fazal bilan uchrashdi. Unda O‘zbekiston ziyorat turizmi salohiyatini butun dunyoga tanitish va musulmon ziyoratchilari uchun qulayliklar yaratish borasida muzokaralar o‘tkazdi.

Muzokaralar yakunida Madaniyat va turizm vazirligi va “Crescent Rating” kompaniyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Unga ko‘ra, kelajakda O‘zbekistonga musulmon dunyosi sayohatchilarini ko‘proq jalb etishda ziyorat va  Halol turizmni yanada rivojlantirishda hamkorlik qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42821 | Инструменты