2022-yil 1-yarim yilligida O‘zbekiston sug‘urta bozori 2,7 trln so‘mni tashkil qildi
O'zbekistonda sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega sug‘urta tashkilotlari soni 127 foizga ko‘paydi.
O‘zbekistonda 2022-yil 1-iyul holatiga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan jami 42 ta sug‘urta tashkiloti mavjud. (2019-yil 1-yarim yilligiga nisbatan 127 foizga o‘sgan).
Shulardan, 34 tasi – umumiy sug‘urta va 8 tasi – hayotni sug‘urta qilish sohasida faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekiston sug‘urta bozori ko‘rsatkichlari ko‘ra, 2022-yil 1-yarim yilligida 7,0 mlndan ortiq sug‘urta shartnomalari tuzilgan bo‘lib, (2019 yil 1-yarim yilligiga nisbatan 106 foiz), ular bo‘yicha 2 771 mlrd so‘m sug‘urta mukofotlari yig‘ilgan, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mazkur davriga nisbatan 63,2 foizga oshgan.(2019-yil 1-yarim yilligiga nisbatan 2,2 barobarga o‘sgan).
Alpha version: 0.9.1.19 build 101003 | Инструменты