Huawei 1
2022-yilda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi birinchi marta 50 mlrd dollardan oshdi

2022-yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan O'zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 50 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. Bu 2021-yilga nisbatan 7 mlrd 837,9 mln AQSH dollariga yoki 18,6 foizga ko‘p. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Bunda eksport – $19,3 mlrd 

• tovarlar – $11 mlrd.

• xizmatlar – $4 mlrd.

• Oltin – $4,3 mlrd.

Import – $30,7 mlrd.

• tovarlar – $28,2 mlrd.

• xizmatlar – $2,5 mlrd.

Saldo – $11,4 mlrd ya’ni hisobot davrida – 11 mlrd 390,2 mln AQSH dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.

Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi 2021-yil fevral oyida qayd etilib, 5 mlrd 233,2 mln AQSH dollarini tashkil etgan.

2022-yil dekabr oyida tashqi savdo aylanmasi hajmi 5 mlrd 60,8 mln AQSH dollarini tashkil etgan va 2021-yilning shu davriga nisbatan 24,5 foizga kamaygan.

O‘zbekiston jahonning 204 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan. Tashqi savdo aylanmaning nisbatan salmoqli hissasi Rossiya Federatsiyasi (18,6 foiz), XXR (17,8 foiz), Qozog‘iston (9,2 foiz), Turkiya (6,4 foiz), Koreya Respublikasi (4,7 foiz), Qirg‘iz Respublikasi (2,5 foiz) va Germaniya (2,3 foiz) bilan qayd etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120500 | Инструменты