20-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi bo'lib o'tmoqda.
Yig'ilishda davlat rahbari O'zbekistonning eksport hajmi haqida to'xtalib o'tdi.
"2023-yilda tayyor mahsulotlar eksportini qo‘shimcha 4 milliard dollarga oshirish asosiy maqsadimiz bo‘ladi. Bu yil boshlangan “Yangi O‘zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturi o‘z samarasini bermoqda. Bir yilning o‘zida 2 mingga yaqin tadbirkorlar ilk bor tashqi bozorlarga chiqdi. Kelasi yilda ham, eksport qiluvchilarga transport va boshqa xarajatlarini kompensatsiya qilish davom ettiriladi.
Yevropa bozorlariga tekstil, elektrotexnika, charm-poyabzal va boshqa tayyor mahsulotlar eksportini kamida 2 barobar oshiramiz", - dedi prezident.
Qayd etilishicha, mahsulotlar eksporti bo‘yicha hozirgi 9 ta bosqichli bojxona rasmiylashtiruvi ham 3 barobarga qisqaradi.
"Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha asosiy muzokaralarni yakunlab, ichki qonunchilikni moslashtirish, yangi standartlarni joriy etish ishlarini jadallashtiramiz. Umuman, 2023-yilda eksport hajmi tariximizda ilk bor 23 milliard dollardan ortadi (2018-yilda 14 milliard dollar bo‘lgan)", - Mirziyoyev.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61105 | Инструменты