“Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-940-sonli qonun talablaridan kelib chiqqan holda Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti olimlari va tadqiqotchilari tomonidan Jizzax magistral elektr tarmoqlari filialining 110/10 kV “Chilonzor” podstansiyasida oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasida elektr tarmogʻidagi yoʻqotishlar darajasi, transformator yuklanish rejimi, reaktiv quvvat balansining holati hamda izolyatsiya resursining eskirish koʻrsatkichlari chuqur tahlil qilindi.
Olib borilgan tadqiqotlar natijasida reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi qurilmalarni oʻrnatish orqali quvvat koeffitsiyenti koʻrsatkichini meʼyoriy darajaga yaqinlashtirish, SCADA tizimi asosida masofadan boshqarish va real vaqt rejimida nazorat qilish imkoniyatlarini joriy etish, yuklama grafigini optimallashtirish maqsadida isteʼmol profilini raqamli modellashtirish va boshqa bir qancha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ilmiy asoslangan yechimlarning amaliyotga joriy etilishi natijasida texnik yoʻqotishlar sezilarli darajada kamayishi, elektr taʼminoti ishonchliligi oshishi hamda mamlakat energetika xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan davlat siyosatining samarali amalga oshirilishiga olib keladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82022 | Инструменты