Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2024 yilning yanvar-dekabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 12 355 tonna dudlangan va yarim dudlangan kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Mazkur ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 41,8 % ga oshgan.
Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yillarning tegishli davrida quyidagicha:
2021 — 7162 tonna
2022 — 8304 tonna
2023 — 8711 tonna
2024 — 12 355 tonna.
Ma'lumot uchun, o'tgan yili respublikada 2,9 mln tonna go‘sht (tirik vaznda) yetishtirilgan. 2024-yilda eng ko‘p go‘sht Qashqadaryo viloyatida yetishtirilgan.
Eslatib o'tamiz, 2023-yilda O'zbekistonda 2,8 mln tonna go‘sht yetishtirilgandi. Go‘sht yetishtirish hajmi 2022 yil bilan solishtirilganda 3,9 % ga oshgandi.
Maqola muallifi: Malika Norboyeva
Alpha version: 0.9.1.19 build 42804 | Инструменты