2024-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 3,5 mlrd dollarga yetkaziladi. Bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi axborot xizmati rahbari Sabina Sadinova maʼlum qildi.
Shundan meva-sabzavot 2,5 mlrd dollarga va boshqa oziq-ovqat mahsulot eksportini 1 mlrd dollarga yetkazish maqsad qilingan.
Bunda meva eksportini 45 foizga, sabzavotni – 50 foizga, poliz ekinlari eksportini – 36 foizga, uzumni – 2,2 barobarga va dukkakli mahsulotlar eksportini 32 foizga ko‘paytirish uchun choralar ko‘rilmoqda.
Shuningdek, mahsulotlar eksport hajmlari nisbatan qimmat bozorlarga yo‘naltiriladi.
Maʼlumot o'rnida, 80 ta davlatga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti uchun 620 ta fitosanitar ruxsatlar olingan. 2023 yilning o‘zida 12 ta davlatga 23 turdagi mahsulot eksportiga fitosanitar ruxsatlar olindi. Agentlik tomonidan bu yo‘nalishdagi ishlar ham davom ettiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122303 | Инструменты