Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda qariyb 31,1 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.
Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,8 % ga oshgan.
2024-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekistonda qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 31 703 taga yetgan.
Qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlarning 6890 tasi Toshkent shahrida joylashgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122418 | Инструменты