22-aprel kuni o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
1 gramm oltin 1 mln 493 ming 470 so‘m bo‘lib, o‘tgan kunga nisbatan 38 ming 550 so‘m yoki 2,7%ga qimmatlashdi. 5 grammlik o‘lchovli quyma 7 mln 467 ming so‘mdan sotilmoqda.
Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:
- 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 7 mln 467 ming so‘m;
- 10 gramm oltin quyma narxi 14 mln 935 ming som;
- 20 gramm oltin quyma narxi 29 mln 869 ming so‘m;
- 50 gramm oltin quyma narxi 74 mln 673 ming so‘m;
- 100 gramm oltin quyma narxi 149 mln 347 ming so‘mni tashkil qiladi.
22-aprel kuni oltinning jahon kotirovkalari troya unsiyasi uchun $3500ga yaqinlashdi.
Xabar nashr qilinayotgan vaqtda oltinning global narxi 1 troya unsiyasi uchun $3481,7ni tashkil qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21618 | Инструменты