Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 26,7 mlrd AQSH dollariga yetgan.
Tashqi savdo aylanmasi hajmi 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 769,5 mln AQSH dollariga yoki 3 % ga oshgan.
O‘zbekiston 5 oyda 186 ta mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan
2024-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston jahonning 186 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib, tashqi savdo aylanmasi hajmini 26,7 mlrd AQSH dollariga yetkazgan.
TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (18,9 %), Rossiya (17,9 %), Qozog‘iston (5,9 %), Turkiya (4,5 %) va Koreya Respublikasida (3,4 %) qayd etilgan.
- Eksport – 10,8 mlrd (1,9 % ga oshgan)
- Import – 15,9 mlrd (3,7 % ga oshgan)
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP: 10 davlatlar
2024-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar (AQSH dollarida):
— Xitoy – 5,1 mlrd;
— Rossiya – 4,8 mlrd;
— Qozog‘iston – 1,6 mlrd;
— Turkiya – 1,2 mlrd;
— Koreya – 921 mln;
— Fransiya – 471,4 mln;
— Turkmaniston – 455,5 mln;
— Germaniya – 427 mln;
— AQSH – 386 mln;
— Afg‘oniston – 383 mln.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21518 | Инструменты