Huawei 1
9 oyda 13,9 mlrd dollarlik tovar va xizmatlar eksporti amalga oshirildi

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylari yakuni bilan 13,9 mlrd dollarlik (maxsus eksportsiz) tovar va xizmatlar eksporti amalga oshirildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Ogulnur Atayeva maʼlum qildi.

Eksport hajmlarining o‘sishi asosan meva-sabzavot mahsulotlari (31 foiz yoki 245 mln dollar), qizilmiya ildizi ekstrakti (71 foiz yoki 12 mln dollar), mis trubkasi (42 foizga yoki 58 mln dollar), ip kalava (11 foizga yoki 100 mln dollar), avtobuslar (2 barobar yoki 12,7 mln dollar), kir yuvish mashinasi (96 foiz yoki 12,4 mln dollar), alyumin profillar (43 foiz yoki 8,3 mln dollar), turizm (50 foiz yoki 808 mln dollar) va transport (22 foiz yoki 281 mln dollar) xizmatlari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Shu bilan birga, Respublika eksport shtabi faoliyati doirasida eksportchilarning vujudga kelayotgan muammolli masalalarini aniqlash va tezkorlik bilan hal etish choralari ko‘rib borilmoqda.

Jumladan, eksportchilar faoliyatini o‘rganish davomida 1 047 ta muammoli masalalar aniqlandi va 704 ta muammolar hal etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121302 | Инструменты