Huawei 1
ACWA Power rahbari: "Qoraqalpog‘istonda qurilayotgan shamol elektr stansiyasi O‘rta Osiyo energetika tizimiga katta o‘zgarish olib kiradi"

Avval xabar berganimizdek, 24-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog'ida Beruniy tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi qurilishini boshlash uchun tamal toshini qo‘ygandi.

Ushbu stansiyani qurish uchun xalqaro tenderda Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi 1 kilovatt soat elektr energiyasi uchun 2,5695 sent tarif taklifi bilan g‘olib chiqqan edi. Mazkur kompaniya direktori Muhammad Abunayan quriladigan ushbu yangi stansiya nafaqat Qoraqalpog'iston, balki butun mamlakat energetika tizimiga katta o‘zgarishlar olib kirishi haqida gapirdi.

«Mana bugun Qoraqalpog‘iston zaminida turibmiz. Mana shu olib borayotgan ishlarimiz O‘zbekiston energetika tarmog‘idagi o‘zgarishlar, transfarmatsiyani olib kirish bo‘yicha ishlarning bir namunasi. Shuningdek, bu nafaqat O‘zbekiston uchun, balki butun O‘rta Osiyoda energetika tizimiga katta o‘zgarish olib kiradigan loyihadir», - dedi Acwa Power kompaniyasi direktori.

Shu bilan birga, Muhammad Abunayan Acwa Power kompaniyasi dunyoning 13 ta mamlakatida faoliyat yuritayotgani, lekin ilk bor faqat O‘zbekistonda davlat xususiy sherikchiligi asosidagi loyihaning shu darajada tez va unumli sur’atda, haqqoniy, shaffoflikka asoslangan yondashuv asosida amalga oshirilayotganini ko‘rishga muvaffaq bo‘lganini ta'kidladi.

«Hurmatli prezident janoblari, biz $2,9 mlrdga teng bo‘lgan investitsiyamiz bilan kirib kelmoqdamiz. Bu kirib kelishimizni biz mehmon sifatida emas, mana shu mamlakatni, ruxsat bersangiz, bir a’zosi sifatida, xuddi o‘z uyimizdek his etmoqdamiz. Chunki bu bizning birgalikdagi, hamkorlikda amalga oshirayotgan loyiha bo'ladi.

Yana shuni ta’kidlamoqchimanki, siz bergan ko‘rsatma asosida energetika vazirligi bilan biz hozirgi kunda mana shu yangi loyiha ustida qattiq ishlamoqdamiz. Siz aytgan 1,5 GVt quvvatga ega bo‘lgan loyiha bu yerda nafaqat energiya ishlab chiqarish, balki uni to‘plash, akkumlyatsiya qilish ham amalga oshiriladi va bu nafaqat O‘zbekiston, mintaqa uchun, balki butun dunyo uchun  shu tarzda amalga oshayotgan birinchi loyiha bo‘ladi. Biz bugun shu yerda bo‘lib turganimizning asosiy sababi, yangi loyiha bilan qo‘shib hisoblaydigan bo‘lsak, umumiy miqdori $4 mlrddan ortadigan investitsiyamiz bilan bu yerga kelishimizga sabab, biz sizning yetakchiligingizga ishonamiz va O‘zbekistonga o‘z Vatanimizdek qaraymiz», - dedi u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60421 | Инструменты