Huawei 1
Eron va O‘zbekiston tranzit va savdo aloqalarini kengaytirish bo‘yicha kelishuv imzoladi

Tehronda Eron va O‘zbekiston o‘rtasida tranzit hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Memorandum imzolash tadbiri Tehronda bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlar transport vazirlarining 13-yig‘ilishi doirasida tashkil etildi.

Memorandum Eron transport va shaharsozlik vaziri Farzona Sadiq va O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Maxkamov hamda Eron portlar va dengizchilik tashkiloti (PMO) rahbari Said Rasuli ishtirokidagi marosimda imzolandi.

O‘zaro anglashuv memorandumi doirasida tomonlar O‘zbekiston xususiy sektori uchun Eronning Shahid Rajai portiga sarmoya kiritish, maxsus terminal va logistika markazi qurish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82723 | Инструменты