O‘zbekiston va Afg‘oniston elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha kelishuvni 2024-yilgacha uzaytirdi, deb xabar qildi “DABS” Afg‘oniston energetika kompaniyasining matbuot xizmati.
14-dekabr kuni “Milliy elektr tarmoqlari” va Afg‘oniston energetika kompaniyasi vakillari O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish masalasini muhokama qildi.
DABS prezidenti elektr energiyasi tariflarini pasaytirish, kompaniya xodimlarining viza muammolarini hal qilish va Surxon — Puli-Xumri elektr uzatish liniyasini qurish loyihasini qayd etdi.
Afg‘oniston tomoni energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovdan mamlakatda aholi xonadonlari, tadbirkorlar va davlat muassasalari elektr energiyasi taqchilligiga duch kelayotgani sababli energetika sohasidagi infratuzilma muammolarini hal etish va elektr energiyasi yetkazib berish hajmini oshirishni so‘radi.
Mirzamahmudov O‘zbekistonda energiya ta’minotida texnik muammolar mavjudligini ta’kidladi. Shu bilan birga, vazir uchta energetika obyekti ta’mirlangach, elektr energiyasi ta’minoti tiklanishini qayd etgan.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat elektr energiyasini Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘izistondan yuqori narxda sotib oladi va elektr energiyasi esa gaz va neft orqali ishlab chiqariladi, bu esa tannarxni oshiradi.
Uning ta'kidlashicha, respublika Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘izistondan elektr energiyasini yuqori narxda sotib oladi, elektr energiyasi esa gaz va neft orqali ishlab chiqariladi, bu esa xarajatlarni oshirishi ta’kidlangan. Energetika vazirligi rahbari Afg‘onistondan ko‘mir va neft sotib olishga ham tayyorligini bildirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122305 | Инструменты