Huawei 1
Andijonda FAW yuk avtomobillarini ishlab chiqarish zavodi quriladi

Xitoyning “Faw Trucks” kompaniyasi Andijon viloyatida yuk avtomobillari ishlab chiqaradi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniya rahbariyati vakillaridan iborat delegatsiya viloyatga tashrifi doirasida viloyat hokimligi rahbariyati bilan muzokaralar olib bordi.

Loyihaning umumiy qiymati $100 mlnni tashkil etib, uning doirasida yiliga 10 ming dona yuk tashuvchi avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavod qurish rejalashtirilmoqda.

Tomonlar muloqot davomida yangi zavod qurilishi ishlarini joriy yilning noyabr oyidan boshlashga kelishib olishdi.

Bundan tashqari, delegatsiya a’zolari Andijondagi “Ipak yo‘li” erkin iqtisodiy sanoat zonasida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. Ularga “NAWAS” brendi ostida havo tozalash uskunalari, konditsionerlar ishlab chiqarish loyihasining qurilish ishlari haqida ma’lumot berildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122217 | Инструменты