Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “Binance” kripto-birjasi bilan O‘zbekistonda mijozlarga xizmat ko‘rsatish masalasini hal qildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hozirda “Binance o‘z faoliyatini belgilangan tartibda mahalliy “CoinPay” kripto-birjasi orqali amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bunda rezidentlarning platformaga kirishi coinpay.uz orqali amalga oshiriladi.
Foydalanuvchilar o‘z mablag‘larini bank kartalari va “Uzcard” va “Humo” to‘lov tizimlari orqali milliy valyutada kiritish hamda chiqarishlari mumkin. Tizim platformalarning barcha modullari, jumladan, milliy to‘lov tizimlari bilan integratsiyalashuv yakunlangan keyin ishga tushiriladi.
Shu bilan birga, agentlik o‘zbekistonliklarni kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va ayirboshlash bo‘yicha operatsiyalarni faqat milliy provayderlar orqali amalga oshirishga qat’iy chaqirdi.
Binance kripto-birjasi
Binance savdo hajmi bo‘yicha ilk va eng yirik kriptovalyuta birjalaridan biridir. Platforma 2017-yilda tashkil etilgan va Kayman orollarida ro‘yxatdan o‘tgan. 2023-yil noyabrda pul yuvish va bank sirini buzgani uchun Binance Amerika rasmiylariga qariyb 4,5 milliard dollar jarima to‘laydigan bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60420 | Инструменты