Huawei 1
Bir oyda 66 ta eksportchi kompaniya IT Park rezidenti bo‘ldi

Joriy yilning sentabr oyida 99 ta IT-kompaniya “IT Park” rezidenti maqomini oldi. Bu haqda texnopark matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, ularning 29 tasi Buyuk Britaniya, Singapur, Hindiston, Malayziya va Germaniya kabi mamlakatlar sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan.

Yangi rezidentlarning uchdan ikki qismi, ya’ni 66 tasi eksportga yo‘naltirilgan. Ularning biznes-rejalariga ko‘ra, dastlabki yilida mahalliy mutaxassislar uchun 700 dan ortiq ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, 22 ta kompaniya dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, 19 tasi — autsorsing, 16 tasi — dasturiy mahsulotlarni sotish hamda 3 tasi kreativ industriya sohasidagi xizmatlar bilan shug‘ullanadi.

Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarining O‘zbekiston IT-sohasiga qiziqishi ortmoqda. Xususan, Singapurning “BIPO Services Silk Road” kompaniyasi IT-autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish uchun o‘z ofisini ochmoqda. Kompaniya eksport hajmini $1 mlnga yetkazishni rejalashtirgan.

Malayziyaning “SummitNext” kompaniyasi ham O‘zbekistonda 110 nafargacha xodim ishlovchi autsorsingga ixtisoslashgan ofis ochadi. AQSh, Germaniya, Hindiston kabi mamlakatlar kompaniyaning asosiy eksport bozori bo‘lib, eksport hajmi $1 mlnni tashkil etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100923 | Инструменты