Huawei 1
Britaniyaning "Kalo Holdings" kompaniyasi O'zbekistonda "yashil" loyihalar uchun sarmoya kiritadi

Britaniyaning "Kalo Holdings" kompaniyasi O'zbekistonda "yashil" iqtisodiyotga o'tishni jadallashtirishga qaratilgan loyihalarga sarmoya kiritishga tayyor, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Gap savdo va biznes markazlari, ko'ngilochar va dam olish maskanlari, yoqilg'i quyish shoxobchalari, mehmonxonalar hamda 60 kVt va undan yuqori quvvatli elektromobillarni quvvatlash imkoniyatiga ega bo'lgan stansiyalarni qurishga qaratilgan to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar haqida ketmoqda.

Kompaniya vakillari O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov bilan muzokaralar chog'ida sarmoya kiritishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishdi. Ularga mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mamlakatimizning iqtisodiyot, savdo va qurilish sohasidagi salohiyati haqida ma’lumot berildi.

O'zbekistonning tegishli tashkilotlari bilan ushbu loyihalarni amalga oshirish bo'yicha dastlabki kelishuvga erishildi. Mazkur loyihalar amalga oshirilgan taqdirda O'zbekiston aholisining umumiy manfaati uchun atrof-muhit va tabiiy resurslarni asrab-avaylagan holda barqaror iqtisodiy o'sishni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarga katta turtki bo'lishi alohida ta’kidlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122304 | Инструменты