Huawei 1
Davlat budjetining 1-yarim yillik daromadlari 18,3 foizga oshib 121,0 trln so‘mni tashkil etdi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat budjeti daromadlarining 2024-yil I yarim yillik ijrosi toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, budjetning 2024-yil 1-yarim yillik daromadlari 2023-yilning mos davriga nisbatan 18,3 foizga oshib 121,0 trln so‘mni tashkil etdi.

Shuningdek, daromadlarning 80,6 foizini soliqlar, 19,4 foizini esa soliqsiz tushumlar va boshqa daromadlar tashkil qildi.Eslatib o'tamiz, iyul oyi o'rtalarida Shavkat Mirziyoyev budjet mablag‘laridan foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishgan edi. Unda Hisob palatasi tomonidan konsolidatsiyalashgan budjet ijrosini tashqi auditdan o‘tkazish taklif etilgandi. Bu budjetdan tashqari jamg‘armalar hamda tashqi qarz hisobidan xarajatlarni ham qamrab olish imkonini beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90801 | Инструменты