Rossiya harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni o‘rinbosari general Mixail Gudkov Kursk viloyatida vafot etdi, deb xabar berdi Primorsk o‘lkasi gubernatori Oleg Kojemyako. Gudkov bu lavozimga uch oy oldin tayinlangan edi.
Kursk viloyatida Rossiya harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, general-mayor Mixail Gudkov halok bo‘ldi. Bu haqda 3-iyul, payshanba kuni Primorsk o‘lkasi gubernatori Oleg Kojemyako Telegram’da ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, general “o‘z safdoshlari bilan birga” vafot etgan. Xabarda Gudkov va boshqa rossiyalik harbiylarning o‘limining aniq sanasi ko‘rsatilmagan. Generalning o‘limi faktini Rossiya mudofaa vazirligi tasdiqladi, deb yozadi “TASS”.
O'z navbatida, bir qator rossiyalik "urush muxbirlari" Gudkov boshqa 10 ofitser bilan birga Ukraina Qurolli Kuchlari (AFU) tomonidan Ukraina chegarasidan unchalik uzoq bo'lmagan Korenevo hududidagi qo'mondonlik punktiga hujumi natijasida halok bo'lganini ta'kidladi.
General Gudkov Tinch okean flotining 155-alohida gvardiya dengiz brigadasi qo'mondoni edi. 2025 yil mart oyida u Rossiya dengiz floti qo'mondoni o'rinbosari lavozimiga tayinlandi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Gudkovning lavozimga ko‘tarilishi haqida “Arxangelsk” atom suv osti kreyserining suv osti kemachilari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Qrimda Rossiya Qora dengiz floti qo‘mondoni o‘rinbosari halok bo‘ldi
Ukrainaning “Obozrevatel” nashrining Rossiya Telegram-kanallari maʼlumotlariga tayanib xabar berishicha, Rossiya Qora dengiz floti qoʻmondoni oʻrinbosari Ildar Axmerov 2-iyul kuni anneksiya qilingan Qrimda “Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasining zarbasi” natijasida halok boʻlgan. Rossiya Mudofaa vazirligi bu maʼlumotga hozircha izoh bermadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70400 | Инструменты