Huawei 1
“Elektrqishloqqurilish”ning 58 foizi 93,2 mlrd. soʻmga Rossiya kompaniyasiga sotildi

“Elektrqishloqqurilish” AJ ustav kapitalidagi 58,41 foiz davlat ulushi 93,2 mlrd. soʻmga Rossiyaning “Уральская энергетическая строительная компания” AJga sotildi.

Eslatib o’tamiz, “Elektrqishloqqurilish” ustav kapitalidagi davlat ulushini sotish 2021-yil noyabr oyida e’lon qilingan edi.

Natijada 7 nafar investordan arizalar kelib tushgan. Shularning ichida eng yaxshi majburiyatga ega boʻlgan taklif “Уральская энергетическая строительная компания” tomonidan taqdim etilgan.

Kompaniya to‘g‘risida qisqacha maʼlumot

“Elektrqishloqqurilish” (EQQ) dastlab Respublika qishloq xo‘jaligini elektrlashtirishga ixtisoslashtirilgan trest – “Uzselelektrostroy” sifatida 1936-yilda tashkil topgan.

1-sonli “Uzselelektrostroy” tresti 1998-yil 7-iyulda “Elektrqishloqqurilish” AJ sifatida qayta tashkil etilgan.

Ayni paytda EQQ Markaziy Osiyo mintaqasida 0,4 kV dan 500 kV gacha kuchlanishli elektr tarmoqlari obyektlarini qurish bo‘yicha bosh pudratchi hisoblanadi va shu sababli butun O‘zbekiston bo‘ylab ushbu soxada katta boshqaruv va texnik ko‘nikmalarga ega.

Korxonada bir vaqtning o‘zida respublika bo‘ylab va xorijda bir nechta yirik loyihalarni amalga oshirishga tayyor bo‘lgan 6 ta mexanizatsiyalashgan kolonna tomonidan qo‘llaniladigan 200 dan ortiq qurilish texnikasi va mexanizmlari mavjud. EQQ ishlab chiqarish bazasi metall va temir-beton konstruktsiyalarga (tayanchlarga) bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liq qondiradigan o‘z zavodlarini o‘z ichiga oladi.

EKK biznes tuzilmasi quyidagi kompaniyalarni o‘z ichiga oladi:

- Namangan metall qurilmalari zavodi (yiliga 4000 tonnagacha);

- Quvasoy temir-beton zavodi (yiliga 38,2 ming m3 gacha);

- Toshkent shahar ishlab chiqarish va texnologik asbob-uskunalar boshqarmasi (beton buyumlar ishlab chiqarish yiliga 7,2 ming m3);

- “TAIZ – UNIVERSAL SERVIS” MChJ liniyali muftalar va apparatlar ishlab chiqarish;

- “MEXKOLONNA-15 ELEKTRQISHLOQQURILISH AJ” MChJ;

- 6 ta mexanizatsiyalashgan kolonnalar.

Kompaniya “Lukoyl”, “Eriyell”, “Hundai Engineering” va “Hengyuan Group Co.,Ltd” kabi yirik ishlab chiqarish kompaniyalari uchun elektr montaj ishlarini bajargan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72607 | Инструменты