Huawei 1
Toshkent shahrida ichimlik suvini hisoblashda yangi raqamli texnologiyalar joriy etilmoqda

Toshkent shahrida ichimlik suvini hisoblashda yangi raqamli texnologiyalar joriy etilmoqda. Endilikda aholi xonadonlariga "aqlli" suv hisoblagichlari o‘rnatiladi.

Eski turdagi hisoblagichlarning ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida ma’lumotlar bazasiga topshirilmasligi to‘lovlarda tushunmovchilik va kechikishlarga sabab bo‘layotgan edi.

Yangi smart-hisoblagichlar esa:

- suv iste’moli va bosimini aniqlik bilan o‘lchaydi;
- nosozliklar va tashqi aralashuvlarni aniqlaydi;
- barcha ma’lumotlarni masofadan uzatadi.

Dastlabki sinovlar Shayxontohur tumanining ayrim hududlarida muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Endilikda  eski hisoblagichlarni smart-hisoblagichlarga almashtirish ishlari joriy yilning uchinchi choragidan boshlab belgilangan reja asosida Yangihayot tumanidan boshlanadi.

Hisoblagichlar aholi xonadonlariga mutlaqo bepul o‘rnatiladi.

Yangi tizim nafaqat xizmat ko‘rsatish sifatini oshiradi, balki hisob-kitoblarda aniq va shaffof yondashuvni ta'minlaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72612 | Инструменты