Endi O'zbekistonda maynerlar har oy 3 mln so'm, kripto-birjalar - 120 mln so'm yig'im to'laydi
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yig‘imlar miqdorini belgilash, ularni to‘lash va taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Nizomga ko‘ra, O‘zbekistonda mayning va kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar (maynerlar va xizmatlar provayderlari) tomonidan ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun yig‘imlar to‘lanadi.
Shunga ko‘ra, yig‘imlar BHMga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Yig‘imlar maynerlar va xizmatlar provayderlari tomonidan lisenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan paytdan e’tiboran har oyda to‘lanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102901 | Инструменты