Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga yangi elchi tayinlandi

Yaponiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Kenji Hirata O‘zbekiston TIV vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston TIV vaziri Matbuot xizmati.

O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik kun tartibi o‘zaro manfaatli tashabbuslar hamda loyihalar bilan kengayib bormoqda.

"Elchi janoblariga mamlakatimizdagi diplomatik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaymiz," - deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102816 | Инструменты