Toshkentda issiq suv va issiqlik taʼminoti tariflari oshirildi

Toshkent shahar hokimining qarori bilan Veolia Energy Tashkent tomonidan ko‘rsatiladigan markazlashgan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun yangi tariflar tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun tariflar aholiga 15 foizga oshirildi.

Bazaviy tarif QQSsiz 711 641 so‘m/Gkal, aholi uchun 139 860 so‘m/Gkal, byudjet tashkilotlari uchun 952 797 so‘m/Gkal, boshqa ulgurji xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar uchun esa 342 296 so‘m/Gkal etib belgilandi.

Bu narxlar xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi tomonidan 22 avgustda maʼqullangan edi.

Qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan (27 oktyabr) eʼtiboran kuchga kirishi taʼkidlangan. Ammo qonunchilikka ko‘ra, kommunal to‘lovlar narxi oshadigan bo‘lsa, bu haqda 15 kun oldin OAV orqali xabar berilishi kerak.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102819 | Инструменты