Huawei 1
Fransiya kompaniyasi O'zbekistonda aerobar loyihasini amalga oshirishi mumkin

O'zbekiston elchixonasida Fransiyaning "Aerophile groupe" kompaniyasi prezidenti Jerom Giakomoni bilan muzokaralar o'tkazildi. 

Muloqot davomida O'zbekistonda turistlar uchun xizmat ko'rsatuvchi havo shari va aerobar loyihasini amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Kompaniya prezidenti O'zbekistonda havo shari va aerobar loyihasini samarali amalga oshirish uchun barcha sharoitlar mavjudligini ta'kidladi.

"Kompaniyasi tomonidan Fransiya, AQSh, Germaniya, Ispaniya, Polsha, Buyuk Britaniya, Vengriya, Turkiya, BAA, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Singapur, Yaponiya, Xitoy, Tailand, Kambodja, Vyetnam, Iordaniya, Iroq, Tunis, Gruziya, Meksika, Braziliya, va boshqa turizm industriyasi rivojlangan davlatlarda mazkur loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Aerobar loyihasi O'zbekiston uchun qiziqarli va muvaffaqiyatli bo'lishiga ishonchim komil", - dedi Jerom Giakomoni.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11916 | Инструменты