Huawei 1
Kredit byurolarining axborot tizimlarida kiberxavfsizlikni ta'minlashga doir talablar belgilandi

"Kredit byurolarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizligiga doir minimal talablar to'g'risida"gi nizom Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi (ro'yxat raqami: 3679-son, 23.09.2025-y).

Mazkur Nizom kredit byurolarining axborot tizimlarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta'minlashga doir minimal talablarni belgilaydi.

Nizomga ko'ra, kredit byurolarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta'minlash maqsadida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta'minlash xizmati tashkil etiladi.

Shuningdek, kredit byurolari axborot xavfsizligiga oid ichki siyosatni ishlab chiqishi va Markaziy bank bilan kelishishi lozim.

Kredit byurolari faoliyatida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikning ta'minlanganlik darajasini baholash bo'yicha reyting axborot tizimi Markaziy bank tomonidan yuritiladi.

Bundan tashqari, kredit byurolari axborot tizimlaridan ma'lumotlarning ruxsatsiz uzatilishi va tarqalishidan himoyalash bo'yicha DLP (Data Loss Prevention) tizimi joriy etilishi shart.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92416 | Инструменты