Huawei 1
Malayziya kompaniyasi O'zbekistonda qo'shma loyihalarni amalga oshirish va ularga investitsiya kiritish imkoniyatlarini o'rganmoqda

O'zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning "Malaysian Resources Corporation Berhad (MRCB)" kompaniyasi boshqaruv direktori Imran Salim bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda O'zbekistonda transport infratuzilmasi, turar-joy va biznes obyektlarini qurish yo'nalishlarida qo'shma loyihalarni amalga oshirish va davlat-xususiy sherikchilik dasturlarida qatnashish imkoniyatlari ko'rib chiqildi.

Imran Salimning aytishicha, "MRCB" Malayziyaning yetakchi qurilish va ko'chmas mulkni rivojlantirish kompaniyalaridan biri sifatida davlat-xususiy sherikchilik asosida mamlakatda ko'plab transport infratuzilmasi, turar-joy va biznes obyektlarini qurib kelmoqda.

Malayziya tomoni O'zbekistonda suv resurslarini boshqarish va suv ta'minoti infratuzilmasini yangilashga bo'yicha innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, temir yo'l liniyalari va infratuzilmasini modernizatsiya etish, qishloq xo'jaligi sohasida mahsuldorlikni oshirish va "aqlli" fermer xo'jaliklari yechimlari, qayta tiklanadigan energiya, jumladan chiqindilarni energiyaga aylantirish, quyosh va shamol elektr stansiyalarini barpo etish kabi loyihalarda qatnashish va sarmoya kiritish imkoniyatlarini o'rganib chiqishga qiziqish bildirdi.

Shuningdek, Malayziyada ko'plab davlat-xususiy sherikchilik loyihalarini amalga oshirishda orttirilgan tajribaga asoslanib, mamlakatimizdagi davlat-xususiy sherikchilik dasturlarida ishtirok etish istagi bildirildi.

"MRCB" 1968 yilda tashkil etilgan. Hozirgi kunda kompaniya ko'chmas mulkni rivojlantirish va investitsiyalar, muhandislik, qurilish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish, xavfsizlik va avtoturargoh xizmatlarini ko'rsatish faoliyati bilan shug'ullanadi. Kompaniya tarkibida 70 ta shu'ba korxona bor.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61212 | Инструменты